
Ulug‘bek Baqoev "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin oldidan: Mag‘lubiyatga uchramaydigan jamoaning o‘zi yo‘q
Superliga 25-tur “So‘g‘diyona” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda "Nasaf" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- Avvalambor, yigitlarga raxmat aytmoqchiman. Bellashuv biz xohlagandek bo‘lib o‘tmadi. Bellashuvda uch xil taktik rejalarni qo‘llab ko‘rdik. Tavakkal qildik. Yutishni xohlagandik, lekin bu futbol. Natija adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Uchrashuvga tashrif buyurgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimini bildiraman.
Bizda hali imkoniyat bor va biz oxirigacha kurashamiz. Agarda mavsum boshidaga holat bilan solishtiradigan bo‘lsak hozir bizda umuman boshqacha vaziyat.
Ro‘ziqul Berdiev tartibli inson. “Nasaf” jamoasi ham tartibli o‘yin ko‘rsatishini yaxshi bilar edik. Ularga ham omad tilab qolaman.
“Bunyodkor” jamoasiga qarshi rejaga asosan tayyorgarlik olib boramiz. Mag‘lubiyatga uchramaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. G‘alaba uchun maydonga tushamiz, - dedi Baqoev.
Fikrlar