
Ulug‘bek Baqoev: "Bunyodkor"ga Osiyo chempionlar ligasida omad tilayman!
Superliganing 26-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» (2:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etdi. Bu haqda "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- «Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Jamoaga Chempionlar Ligasida omad tilayman! Xalqaro musobaqada yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishini tilakdoshiman! Fikrimcha, bugun muxlislarga yoqadigan hujumkor, gollarga boy o‘yin bo‘ldi. Bugun jamoalar ko‘proq natija uchun o‘ynashdi.
Birinchi bo‘limdagi o‘yinimiz futbolchilarning ruhiyati bilan bog‘liq. Yigitlar gol o‘tkazmaslikni o‘ylashdi. Hisob 2:0 bo‘lganida hujumkorlikni oshirishdi. Sababi, buyog‘iga qanday hisobda yutqazishning ahamiyati yo‘q edi. Shuning uchun hujumga o‘tishdi va hisobni tenglashtirishdi.
Hamma jamoaga natija kerak. O‘ylashimcha, agar bugun natija biz tarafda bo‘lganida xuddi «Bunyodkor» kabi biz ham hisobni ushlab qolish uchun bor imkoniyatni ishga solardik. Buni oddiy qabul qilaman.
Norxonov vaziyatdan kelib chiqqan holda qanotlarda o‘ynayapti. Agar u hujumda o‘ynaydigan bo‘lsa, bizda qanotlarda muammo bo‘lishi mumkin. Chunki hozir qanotda eng kuchlisi. Nazarimda Shohruz bugun ham qanotda yomon harakat qilmadi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz birinchi bo‘limda nominal hujumchisiz o‘ynadik, - dedi Baqoev.
Fikrlar