Ulardan zo‘ri bo‘lmagan

  • 30 sentabr, 2022, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” va Frantsiya terma jamoasining sobiq yulduzi Erik Kantona o‘zini hayratga solgan ikki futbolchi bo‘lganini aytdi.

Tecno

- Men har doim Rayan Giggz va Paolo Maldinining o‘yinidan hayratlanardim. Bu yigitlar 20 yil davomida bitta jamoaga sodiq qoldi. Bu juda katta hurmatga loyiq.

O‘zim bunday qila olmaganman. Men bir joyda tez zerikib qolaman va o‘zimga boshqa er topib olardim. Mening qiziqishlarim boshqacharoq ekani bunga sabab bo‘lsa kerak, - dedi Erik Kantona.

56 yoshli Kantona 1992-1997 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan va bu jamoa safida 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Frantsiya terma jamoasi uchun 45 ta o‘yinda yigirmata gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!