
“Uimbldon” – “Nyukasl” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Sababi...
Angliya Liga kubogining 3-raundi doirasidan o‘rin olgan “Uimbldon” – “Nyukasl” uchrashuvi Londondagi “Cherri Red Rekords” stadioniga suv toshgani tufayli qoldirildi. Bu haqda har ikkala klubi matbuot xizmatlari ma’lum qildi.
“Uondl daryosida suv ko‘tarilishi tufayli stadionimiz va uning atrofidagi hududni suv bosdi. "Nyukasl" bilan Liga kubogi 3-raund o‘yini qoldirildi. Stadion ma’lum muddatga yopildi”, - deyiladi “Uimbldon” klubi bayonotida.
E’lon qilingan videolarga qaraganda, kuchli yog‘ingarchilik tufayli stadion maydonidagi chim qatlamlari olib tashlangan, maydonning bir qismida chuqurcha hosil bo‘lgan.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Hozirda uchrashuvning yangi sanasi masalasi hal qilinmoqda.
Fikrlar