
UFCning sobiq chempioni Kovalyov va "Kanelo" jangida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi
Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Keyn Velaskes WBO yarim og‘ir vazn toifasidagi chempion Sergey Kovalyov va WBA o‘rta vazn toifasi chempioni Saul Alvarec o‘rtasidagi jang borasida o‘z taxminini bildirdi.
"Kanelo" Kovalyovni mag‘lub etadi. U ajoyib mahoratga ega. Hozir u mazkur sport turining cho‘qqisida turibdi.
Uning uslubi va texnikasi juda yaxshi shakllangan. Himoyasi ham mukammal.
To‘g‘ri, ushbu sport turida hamma narsa yuz berishi mumkin. Har ikkisi ham juda mahoratli, ammo "Kanelo" o‘zining ruhiy holati va iste’dodi tufayli g‘alaba qozonadi "- dedi Velaskes.
Kovalyov - "Kanelo" jangi 2 noyabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar