
UFCning o‘rta vazn toifasida muhim jang bo‘ladi. Marvin Vettori-Paulo Kosta to‘qnashuvining sanasi ma’lum
23 oktyabr kuni navbatdagi “UFC Fight Night” turniri tashkil etiladi. Mazkur kechaning asosiy to‘qnashuvida o‘rta vazn toifasida reytingning 2-o‘rnini band qilgan braziliyalik Paulo Kosta hamda 5-pog‘onda qayd etilgan italiyalik Marvin Vettori (17-5-1) o‘zaro jang qiladi, deya xabar bermoqda ESPN nashri. Hozircha turnir o‘tkaziladigan joy e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, har ikki jangchi divizion chempioni Israel Adesanyadan mag‘lubiyatga uchragan. Braziliya vakili faoliyati mobaynida 13 ta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, italiyalik jangchi 17 ta g‘alaba, 5 ta mag‘lubiyat va 1 durang ko‘rsatkichga ega.
Fikrlar