UFC sobiq jangchisi: "Jek Maddalena Islom Maxachevni mag‘lub etishi aniq, sababi..."
UFC sobiq jangchisi Din Tomas avstraliyalik Jek Della Maddalena (18-2) rossiyalik Islom Maxachev (27-1) o‘rtasidagi chempionlik jangiga izoh berdi.
"Maddalena – haqiqiy yangi nafas. Men uning Maxachev ustidan g‘alabasiga ishonaman. Bunda asosiy rolni uning jiu-jitsu murabbiyi Kreyg Jons o‘ynaydi. U MMAda jiu-jitsudan foydalanishga o‘zgacha yondashadi, ko‘pchilik jangchilar bu uslub bilan hali to‘liq tanish emas. Jekda endi murabbiyi bilan mayda detallar ustida ishlash uchun vaqt bor. Bu usullar, qo‘l ushlashlar, pozitsiyalar uni yanada kuchli qiladi. Ha, avstraliyalikni yiqitish mumkin, biroq ushlab qolish juda qiyin. Bundan tashqari, u tik turishda aniq zarba berishi bilan ajralib turadi", – dedi Tomas "MMA Junkie" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Jek Maddalena o‘rtasidagi bahs 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar