
UFC chempioni Oskar De La Xoyaning "erkatoy"iga keskin javob qaytardi
Yaqindagina “UFC 249” turnirida Dominik Krusni mag‘lub etib, navbatdagi muvaffaqiyatli himoya jangini o‘tkazgan, o‘ta engil vazn toifasi chempioni Genri Sexudoni professional bokschi, super engil vazn toifasida WBC Silver kamari sohibi Rayan Garsiya (20-0-0, 17 KO) jangga chorlagandi.
Mazkur chaqiriqqa “Ey Dela Xoyaning shishirma bokschisi? Seni o‘z sport turingda tovbanga tayantiraman va jahannamga yuboraman. Dana Uayt menga bu baliqchani qovurishga ruxsat ber”,- deya javob qaytardi Sexudo. Xabaringiz bor, Genri so‘ngi jangidan keyin, o‘z faoliyatini yakunlaganini ham e’lon qilgandi.
Fikrlar