
UFC chempioni hibsga olindi
UFC ning yarim og‘ir vazn toifasidagi chempioni Jon Jons mast holda avtomobil boshqargani uchun hibsga olindi.
Shuningdek, uning yonidan qurol topilgan. Vaholanki, qurol saqlash uchun Jonsda ruxsat bo‘lmagan.
Politsiyaga Albukerke shahrida otishma haqida xabar kelib tushadi. Voqea joyiga etib kelib, ular mashinani tintuv qilishganda qurol va spirtli ichimlik topdilar.
Ma’lumot uchun, Jons 2012 yilda ham mast holatda avtomobil boshqargani uchun hibsga olingan edi.
Fikrlar