
"Uembli"ga irqchilikni aniqlash uchun maxsus kameralar o‘rnatiladi
Angliya futbol federatsiyasi Evro-2020 o‘yinlari payti muxlislar o‘rtasidagi qoida buzilishlarni yaxshiroq aniqlash uchun "Uembli" stadioniga qo‘shimcha kuzatuv moslamalarini o‘rnatmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bu muxlislar o‘rtasida irqchilikka qarshi kurashish uchun amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Uembli” Evro-2020 ning naqd 7 ta uchrashuviga mezbonlik qiladi. Shu jumladan finalga ham.
Fikrlar