UEFA Ukrainani jazoladi!

  • 21 sentabr, 2023, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Angliya va Italiya terma jamoalari bilan o‘yinda muxlislarning xatti-harakati uchun Ukrainani jazoladi.

Tecno

Ukraina terma jamoasi 8 sentyabr kuni Angliyaga (1:1), 12 sentyabr kuni Italiyaga (1:2) qarshi maydonga tushdi. Har ikki o‘yin ham Evro-2024 saralashi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘yinlar vaqtida Ukraina terma jamoasi muxlislari irqchilikni aks ettiruvchi harakatlarni sodir etganligi sababli UEFA mamlakat futbol assotsiatsiyasini 20 ming evro jarimaga tortdi. Bundan tashqari Ukraina terma jamoasi navbatdagi uy uchrashuvini qisman yopiq holda o‘tkazishi belgilandi.

O‘yindan oldin Ukraina futbol assotsiatsiyasi stadionning qaysi sektorlari yopilishi haqida UEFAga xabar berishi kerak. Ularning sig‘imi kamida 5 ming o‘rindiq bo‘lishi shart. Bundan tashqari, UEFA Ukraina terma jamoasi ishtirokidagi navbatdagi safar o‘yiniga chipta sotishni taqiqladi.

Shuningdek, muxlislar tribunada pirotexnika vositalaridan foydalangani uchun Ukraina futbol assotsiatsiyasi 5 ming evro jarimaga tortildi. Stadiondagi o‘tish joylarini to‘sib qo‘ygani uchun tashkilotga yana 8 ming evro miqdorida jarima belgilandi.

Ma’lumot uchun, Ukraina navbatdagi uy uchrashuvini 14 oktyabr kuni Shimoliy Makedoniya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoa 17 oktyabr kuni safarda Maltaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алим Ахмедов
21/09/2023 17:13
Умуман ёкотиш керак Россия сингари
Абдухаликов Мухаммад
22/09/2023 15:38
Украинани тулик четлатиш керак мусобакалардан