
UEFA Turkiya futbol federatsiyasini ogohlantirdi
UEFA Evro-2020 saralashlarida futbolchilarining qilgan provokatsion xatti-harakatlari uchun Turkiya futbol federatsiyasiga tanbex berdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya terma jamoasi futbolchilari Albaniya va Frantsiyaga qarshi o‘yinlarda qo‘llarini boshlariga qo‘yib harbiy jestni amalga oshirishgan edi. Ular shu tariqa mamlakatlarining Suriya xududidagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlashgan.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi Evro-2020 ning final bosqichida Italiya, Uels va Shveytsariya terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar