UEFA superkubogini angliyalik hakamlar boshqaradi
24 sentyabr kuni Budapesht shahrida UEFA Superkubogi bo‘lib o‘tadi. Evropa futboli mutasaddilari bu o‘yin uchun hakamlar brigadasini e’lon qildi.
Bosh hakam Entoni Teylor. Unga qanotlarda hamyurtlari Geri Besiuk hamda Adam Nanni yordam beradi. To‘rtinchi hakam Isroildan Orel Grinfeld.
Shuningdek, Teylorga VAR tizimi orqali Styuart Atuell hamda Pol Tirni ko‘maklashadi.



Fikrlar