
Uaylder va Joshua jangining aniq sanasi ma’lum!
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir vazn toifasi vakillari Entoni Joshua(26-3, 23 KO) va Deontey Uaylder(43-2-1, 42 KO) bo‘lajak jang sanasini kelishib olishdi. Jangchilarning 9 mart kuni ringga ko‘tarilishi kutilmoqda. Bahs Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni Joshua va Uaylder turli raqiblarga qarshi boks oqshomida jang o‘tkazadi. Uaylder ringda Jozef Parker bilan uchrashsa, Joshua Otto Vallin bilan jang qiladi.
Fikrlar