U "Real"da tekinga o‘ynashga ham rozi

  • 19 yanvar, 2022, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich katta ehtimol bilan "Real"dagi  shartnomasini uzaytiradi.

Tecno

Libertad Digital muxbiri Sergi Valentinning xabar berishicha, Modrich yangi shartnomada hech qanday moliyaviy talablar qo‘ymaydi, uning maoshini klub o‘zi belgilaydi.

Qayd etilishicha, yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar juda oson kechganligi sababli, hatto futbolchining agentiga ham ushbu muzokaralarda ishtirok etishiga hojat qolmagan.

Modrich klubda qolish istagi haqida allaqachon aytgan va klubga hech qanday shart qo‘ymayapti. U "Real" safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!