
U Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
“Inter”, “Benfika” va “Vest Xem” klublarining sobiq yarim himoyachisi, hozirda Lissabonning “Benfika” jamoasida to‘p surayotgan Joau Mariu ijtimoiy tarmoqlar orqali Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.
"Faoliyatim bosqichini hisobga olsak, ayni damda terma jamoani tark etish uchun eng maqbul vaqt ekanligini tushundim", - deb yozdi futbolchi.
30 yoshli yarim himoyachi 2014 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoa tarkibida jami 55 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.
Mariu joriy 2022/2023 yilgi mavsumda Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol (7 ta penaltidan) va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar