
"U "Oltin to‘p"ni olishi kerak. Qolganlar bu darajada salohiyatli emas"
"Liverpul" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Maykl Ouen "Oltin to‘p"ga kim loyiq ekanligi borasida fikr bildirdi.
"Men Robertni tanlagan bo‘lardim. Saloh hech narsa yuta olmagan bo‘lsa-da ajoyib mavsum o‘tkazdi. Jorjino esa "Chelsi" va Italiya bilan sovrin yutdi. Lekin menimcha, ular Levandovski kabi futbolchidan oldin bu sovrinni qo‘lga kirita oladigan darajada salohiyatli emas.
Uning raqamlari hayratlanarli. Agar u "Oltin to‘p"ni yutmay faoliyatini davom ettirsa, bu katta fojia bo‘ladi", - dedi Ouen.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli goleador o‘tgan mavsumda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar