U ketdi! Yurakda armon, dilda aytilmagan so‘zlar bilan...

  • 20 iyun, 2021, 13:39
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 14
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori - Odil Ahmedov MTJdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi. Hozir, ko‘plab muxlislar jahl ustida bundan xursand ham bo‘ldi, biroq ishoning, vaqt o‘tib biz uni qo‘msaymiz...

Tecno

2011 yildagi Osiyo chempionatini "yondirib" tashlagach, Ahmedov o‘ylab o‘tirmay, Rossiyadagi yangi proekt - "Anji"ga yo‘l oldi. Ko‘plab yulduzlar bilan raqobatlashgan bo‘lsa-da, hech qachon ikkinchi raqamli bo‘lmadi. Mayli, bunisi muhim emas. Asosiysi, u hech qachon o‘z darajasidan past futbolni terma jamoada namoyish etmadi. O‘zining eng zo‘r yillarida muxlislarimizning ishongan tog‘iga aylandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida so‘z borar ekan, birinchi navbatda, o‘tmishga nazar tashlashimiz shart. Odil Ahmedov bu yillar oralig‘ida turli o‘yinlarda ishtirok etdi, ammo muxlislar nazdida chinakam etakchi ekanligini isbotlashda davom etdi. Uning o‘yinlari haqida so‘z borar ekan, natijalarga e’tibor bermaslikning imkoni yo‘q.

23v23p3p

Terma jamoa safida 100 dan ortiq o‘yin 21 gol. 2011 va 2019 yilgi Osiyo chempionatlaridagi ilk golimizga mualliflik qilgan sardor MTJ uchun boshqa to‘p surmasligini e’lon qildi.

To‘g‘risi, bu biz uchun ulkan yo‘qotish. Hozir, hamma termadan norozi. Buning fonida Odil Ahmedovning oq libosni boshqa kiymasligi sezilmayapti. Shu yoshida ham terma jamoada o‘z o‘rnini yo‘qotmagan yarim himoyachisiz bizga endi oson bo‘lmasligi aniq. Bugungi o‘zbek futboli har yili yangi Ahmedovlarni kashf qiladigan darajada emas. Aslida, Odil singari tug‘ma etakchilar har kuni ham futbolga kirib kelavermaydi. Buni ko‘p o‘tmay anglab etamiz.

Men futbolimizning turli vakillari bilan intervyular uyushtirganman. Ishonasizmi, ularning birontasi shu kunga qadar aytilgan vaqtda tashrif buyurmagan. Turli sabablarga ko‘ra, kuttirishar edi. Odil Ahmedov bilan aloqaga chiqdik va intervyuga ko‘ndirdik.

Ertasi kuni kunduzgi 10:00 da suratga olish borasida kelishib oldik. Men odatimga ko‘ra, bir soat avval ofisga etib keldim. Choy damlam o‘z o‘rnimga o‘tirdim. Savollarimni bir ko‘zdan kechirdim. Keyin, oynadan katta ko‘chaga tikildim. E’tibor berib qarasam, bizga kutgan mehmon 9:30 da tashrif buyurdi. Avvaliga tanimadim. Odil mashinadan tushdi va qo‘lidagi soatiga tikildi. Ertaroq kelganini sezdi shekilli, yana mashinasiga qaytib o‘tirdi. Menga qo‘ng‘iroq qilmoqchi, deb o‘yladim. Yo‘q u telefon qilmadi. Hovliqib pastga tushdim. Salom berdim, nega kelganini aytmagani bilan qiziqdim. Ahmedov esa, samimiy kulib, erta kelgani uchun bezovta qilishni istamaganini aytdi. To‘g‘risi, hayron bo‘ldim. Jurnalistik faoliyatim davomida ko‘plab burni baland futbolchilar bilan suhbat qurganman, lekin ro‘paramda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori - Odil Ahmedov turar edi. Tepaga chiqdik. Birga choy ichdik. Kameralar o‘rnatilguniga qadar suhbatlashib o‘tirdik. To‘g‘risi, Odil bilan yaqindan tanish emasman, ammo uni yaxshi inson, kuchli shaxs ekanligini tushunib etishim uchun shu voqeaning o‘zi menga kifoya bo‘ldi. Intervyu yakunlangach, anchagacha suhbatlashib o‘tirdik. Butun SPORTS.uz komandasi o‘zini qiziqtirgan savollarni berdi.

Odil Ahmedov birinchi navbatda kuchli shaxs ekanligini o‘sha kuni tushunib etdik. O‘z davrining yurtimiz futbolidagi tengsiz charm to‘p ustasi bo‘lishiga qaramay, u hech qachon, avvalo, inson ekanligini unutmadi. Buni ko‘plab futbolchilar bilan suhbatlashganimda tushunib etganman. Bugungi futbol avlodi vakillari ham Ahmedovni chinakam etakchi va yaxshi aka sifatida hurmat qiladi. Mayli, natijalar o‘z yo‘liga, ammo futbolimiz Mirjalol Qosimovdan keyingi o‘rindagi yulduzidan ayrildi. Bunisi aniq.

Bilasizmi, muxlislar futbolni ko‘pincha boshqa tomondan ko‘radi. Keling, insof bilan aytaylik, Ahmedovning o‘z darajasidan pastroq harakat qilgan o‘yinini eslay olasizmi? Mayli, so‘nggi uchrashuvlarni ko‘rsatishingiz mumkin, biroq tez orada 34 yoshni qarshi oluvchi futbolchidan avvalgi darajasini talab qilishdan mantiq bormi? Yillar o‘z so‘zini aytadi. Biz qanchalar buni istasak ham Ahmedov vaqtni quvib o‘tishga qodir emas. Bu uning yagona kamchiligi xolos.

Futbolimiz haqida so‘z borar ekan, aytingchi nega shu kunga qadar birorta charm to‘p ustasi bolalar futboli rivoji uchun Odil singari ulkan ishni amalga oshirmadi? Uning bolalar futboli uchun sarflayotgan pullari, vaqti, asabi haqida nega hech kim fikr bildirmayapti? Hech qanday ochko bermaydigan o‘yinda amalga oshirilmagan penalti Ahmedovning (2007-2021) 14 yillik faoliyatini pisand qilmaslikka bahona bo‘lmaydi.

yahcuc

Qolgan barcha aspektlar borasida Ahmedov muxlislar ishonchini to‘liq oqlashga tirishdi. Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan kichik turnirda jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan bo‘lsa-da, 3 o‘yinda ishtirok etdi. Sport formasi a’lo darajada bo‘lmasa-da, o‘yinlarda jamoani elkasida olib yurishga urindi. Afsuski, futboldagi mag‘lubiyatlarni hazm qilish og‘ir.

Umid qilamanki, UFA Ahmedov bilan chiroyli xayrlashuvni tashkil etadi. Sardorimiz bunga haqli. O‘zbek futbolining ich-ichidan emirilib ketishida uni ayblash kulgili. To‘g‘risi, Odilning bu tariqa terma jamoa lagerini tark etishi yoqimsiz. U so‘nggi so‘zini aytgani yo‘q edi. Bunisi aniq. Hozir muxlislar alamzada. Balki, shuning ta’sirida 9 raqamli "jangchi"mizning endi madhiya aytayotganini ko‘rmasligimizni chuqur his etishmayapti. Eslab qoling, hali Ahmedov nomini ko‘p tilga olamiz. Bunaqangi futbolchilar har kuni tug‘ilavermaydi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Parmanov Bexruz
20/06/2021 17:32
Odil Axmedov xalol inson inshaAlloh jchga murabbiy bulib chiqadi
Ilhomjon Feyz
20/06/2021 22:07
Футболимизда халол инсон йўқ. Хаммаси коррупциянер, халолни инсонни сразу йўқ қилади турли бўхтонлар билан. Ишонавериг...
Ilhomjon Feyz
20/06/2021 22:36
Ўша одил хам кимларни поддержкаси билан футболимизда. Ўзиям (бир тийинга қиммат)укасини термага тортиб кўрди, бу хам коррупция, таниш билиш.Футболимизни фаррошидан тортиб федерация рахбарлаигача тозалаш керак, биттаям илдизи қолиш керакмас. Футболчи, мураббий ва рахбарятни ойлигини кескин тушириш керак. Пул учун футболимизга суқулиб кирганлар ўзлари қочиб кетиш керак. Қишлоқларда шундай талантларимиз қалашиб ётибди, уларни 5, 6 йил тарбияласа ўзбекистон учун текингаям ўйнаб беради.Иложи бўса европага кетишга федерация ёрдам бериш керак. Хозир еса клубларимиз ва федерация ўз нафси йўлида болларимизни қурбон қилишмоқди.
&
Хидоятов Гулом
20/06/2021 14:24
Жуда яхши мавзуни олиб чикибсиз.катта рахмат сизга. Халол инсонни ватан учун килган ишларини билсакда эьтиборсиз колдирамиз. Кадрламаймиз. Одил жон куйдириб ватан учун уйнаган даврларни бабаян чиппакка чикарган эди . Шу саралашда Одилга жуда ачинганман.Чунки уни хам ЖЧ орзуси эди.Хозир танкид килаетган айрим мухлислар балки шу даврларда еш булгандир.фудбол курмагандир. Кечаги уйин учун билмасдан хакоратлаш яхшимас ешлар.Хаммада хам кунгил бор . Сиз журналистлар бундай кадрланиши керак булган ишларни доимий оммага етказишингиз керак.Одил учун УФА га таклиф киритинг. Яна бир бор рахмат сизларга чарчамангизлар.
&
Ашуров Бахтийор
21/06/2021 14:33
Кетишни хам, вақтини билиш керакда.
Karimov Sardor
20/06/2021 15:55
Odil Ahmedov men bilgan kuchli o'yinchilardan biri! Bunday yakundan chuqur afsusdamiz. ALLOH nasib qilsa, hali ko'p ishlarni amalga oshirish mumkin. Barchasi uchun raxmat!!!
&
F.F.F
20/06/2021 14:56
Bitta Ahmedovga achindm qogani bir tyn borimiz shuidi... Ahmedovga achindm hali u JCHga boradi ôz bollari bilan ôzbek futboli rivojiga hissa qôshadi uni maqsadi holis va albatta Allah unga yordam beradi. Odil Ahmedov bu MTJ yuragidi. Hali shu sassiq oğizlar Ahmedovi kokka kotaradi bunga aniq ishonaman. Xayir Odil uni hismatlari uchun mingdan ming rahmat va hizmatlari uchun Allah ôylaganlarini bersin.
&
Турсун Ғани
22/07/2021 17:26
Мен шу мақола йозилганда Зоминда мазза қилиб дам олгандим.17-18-19-20 чи кунларди ўқимабманда шу мақолани эссиз, фикрларим кўп эди шу мавзуларди.
&
Эшалиев Шавкат
22/06/2021 14:36
Қарийиб ярим асрлик футбол ишқибозиман. Одил Ахмедовни ҳақиқий ватанпарвар инсон, жонкуяр футболчи деб биламан. Ҳали ҳеч ким ўз маблағи ҳисобига футбол академиясини очган эмас. Ўзбекистон футболи фахри булар Г.Красницкий, Б.Абдураимов, В.Федоров(у билан суҳбатлашганман), М.Ан, М.Қосимов ва албатта Одил Ахмедов. Булар ҳақиқатан ҳам чуқур ҳурматга лоиқ инсонлар.
Ilhomjon Feyz
20/06/2021 23:06
Футболда футболчини туғма иқтидори бўлиши шарт, бу энг асосий нарса. Бизникилар машғулотлар ўтказса бўлди зўр ўйинчи булиб етишади дейишади, бу жуда нотўғри фикр. Туғма қобиляти бўлмаса қанча харакат қилма хаммаси бекор. Шуни учун болалар мураббийлари болаларни иқтидорига қараб қабул қилишлари керак. Қишлоқлардан излаш ва мактабларда турнирлар ўтказишлари керак, иқтидорларни ана шундай жамлаш керак. Келажакда ўз нафси йўлида уларни оёғига болта урадиган федерация ва клуб рахбарларини жазолаш зарур. Улар учун алохида қонун ишлаб чиқиш зарур.
Baxil Alihuja
20/06/2021 15:40
Индивидуал уйинчи сифатида бироз уртачарок эди, лекин жамоавий уйинда бошка уйинчилардан фарки ЙУК! Бундай булишида Одилни айби йук, у жахонга машхур яхши тренерлар тарбиясини олмаган. Яхши тренер уйинчиларни хам устириб боради. Ахмедов савия борасида Хасанов, Денисов, Жепаров ва Гейнрихлардан анча пастда эди. 90йиллардаги юлдузларимизни эсламадим. Ахмедов 94йилги составдаги хеч бир уйинчига хеч бир жабхада хатто якин хам кела олмас эди!!!
Ilhomjon Feyz
20/06/2021 22:41
Тўғри гапиз, одилни журналистлар 1 ни 2 қилиб кўрсатишади.
Ilhom xolmirzayev
20/06/2021 23:44
Шу ўринда ЎФА буни хоҳлайдими деган савол туғилади.
- Мен бу мавзу бўйича ЎФА раҳбарияти билан хеч качон гаплашмаганман ва уларнинг ичидан нима ўтаётганини билмайман. Буни аввал журналистлар ва мухлислар ўртасида овозга қўйиш керак. Ўйлайманки, ҳозирги вазиятдан келиб чиқиб УЕФАга қайтса бўлади. Чунки бундай имконият бошқа бўлмаслиги мумкин. Биз ё пайтдан фойдаланиб ўзимиз бўлган олдинги ташкилотга қайтамиз ёки бутунлай шу ерда қоламиз. ОФК футболимиз ривожи учун ҳеч нарса қилмаган. Ҳаммасига ўзимиз собик Иттифоқ пайтида олинган тажриба туфайли эришдик. Катта денгизда сузишни хоҳласанг, денгиз ёнига бориш керак. Ўз ўзидан денгиз сенинг олдингга келмайди.
Baxil Alihuja
20/06/2021 15:47
Осиёни энг зур уйинчилари орасида Узбекистондан негадир Одилни курмаганман! Хамдамов, Уринбоевлар номинациялари булган. Жепаров 2марта Осиёни энг яхши уйинчиси деб топилган. Гейнрих ёшларимизни ешлар уртасидаги ЖЧга олиб чиккан. Керакли уйинларда гол уриб, термага сиз мактаган Одилдан купрок фойда келтирган!!!