U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston - Vetnam: Vakillarimiz ikki barobar ko‘p zarba berdi

  • 23 aprel, 2024, 23:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

Alisher Odilov dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir gol Ruslanbek Jiyanov nomiga qayd etildi. 

Shu tariqa, Timur Kapadze shogirdlari 9 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Chorak finaldagi raqibimiz Saudiya Arabistoni bo‘ladi. 

Vetnam esa 6 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ular navbatdagi bosqichda Iroq bilan kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvning statistikasi bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!