
U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston Qatarga mag‘lub bo‘ldi
Xabaringiz bor, bugun Xitoyda U-23 terma jamoalar ishtirokida Osiyo chempionati start oldi.
Unda “A” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki bellashuvda Qatar bilan kuch sinashdi. Dastlabki bo‘limda teng kurashlar kechdi. Tomonlar navbati bilan unchalik ham havfli bo‘lmagan vaziyatlar sodir etishdi. Ammo tomonlar ilk taymda darvozaga yo‘l topa olishmadi.
Ikkinchi 45 daqiqalik qatarliklar uchun omadli keldi. 55-daqiqada o‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumni Almoez Ali samarali yakunladi. Gol zaxiradan maydonga tushirilgan Doniyor Narzullaevning qanotidan uyushtirildi.
Keyingi daqiqalarda Qatar ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Vakillarimiz ham kam sonli hujumlari bilan ko‘zga tashlanib turishdi. Bir holatda chap qanotdan Zabihillo O‘rinboevga etkazib berilgan to‘p raqib darvozasiga kirishiga bir bahiya qoldi.
Qolgan vaqt mobaynida Ravshan Haydarov shogirdlari har qancha harakat qilishmasin mag‘lubiyatdan qutilib qola bilishmadi.
Qatar – O‘zbekiston 1:0
Gol: Almoez Ali 55
Qatar U-23: Muhammad Al Bakari, Tariq Salmon, Tamim Al Muhaza, Abdulloh Al Ahrak, Ahmad Moein, Akram Afif, Sulton Al Brake, Bassam Al Ravi, Hisham Ali (Al Shammari 85), Almoez Ali, Salim Al Xajri.
O‘zbekiston U-23: Dilshod Hamroev, Islomjon Qobilov, Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov (Doniyor Narzullaev 55), Azizjon G‘aniev (Andrey Sidorov 84), Odilbek Hamrobekov, Jasur Yaxshiboev, Dostonbek Hamdamov (Bobir Abduxoliqov 76), Javohir Siddiqov, Zabihillo O‘rinboev.
Ogohlantirishlar: Dostonbek Hamdamov 29, Abdulloh Al Ahrak 45, Muhammad Al Bakari 72, Bassam Al Ravi 78
Fikrlar