
U-21 Birinchiligida 2-tur o‘yinlari start oldi
Turning dastlabki bellashuvi Navoiyda kechdi. Unda mahalliy "Qizilqum" va AGMK jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda olmaliqliklar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Kun doirasidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin esa Bekobodda kechdi va unda "Metallurg" minimal hisobda "Buxoro"dan ustun keldi.
Gollar: Ilhomjon Kenjaev (35), Ahliddin Fayziev (41) -Kamron Saidazimov (7), Kamronbek Abdulhamidov (38, 48), Jasurbek Umarov (65)
Gol: Jasur Rahimov (25)
Fikrlar