
U-21 Birinchiligi. "Surxon" "Dinamo"ni taslim etdi, Toshkentdagi uchrashuvda hisob ochilmadi
Kunning dastlabki o‘yini Termizda kechdi. Unda mahalliy "Surxon" klubi Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda vohaliklar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritishdi.
Toshkentdagi TTYMI stadionida esa "Lokomotiv" hamda "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda kechgan bahsda jamoalar har qancha harakat qilishmasin, raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi.
Fikrlar