
Tyago Silva "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi
TMW nashri xabariga ko‘ra, PSJning 35 yoshli braziliyalik himoyachisi Tyago Silva "Milan"ga qaytishi mumkin.
Futbolchi va Parij klubi o‘rtasidagi kelishuv yozda yakuniga etadi, tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokara boshlashganicha yo‘q.
"U "Milan" bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lib kelgan. Agar PSJ bilan shartnomani davom ettirmaydigan bo‘lsak, unda Tyago Milanga yo‘l olishi mumkin", - deydi futbolchining agenti.
Eslatib o‘tamiz, Tyago Silva 2009-2012-yillar mobaynida "Milan" sharafini himoya qilgan edi.
Fikrlar