
Tyago Silva: Frantsiya fuqarosi bo‘lishga tayyorman
PSJ klubi himoyachisi Tyago Silva faoliyatini aynan parijliklar safida yakunlashni xohlashini aytdi.
“Men Frantsiya fuqarosi bo‘lishga tayyorman. Bu nafaqat men uchun, balki, xotinim va bolalarim uchun ham muhim. Men deyarli 6,5 yildan buyon Parijdaman va bu erni xuddi o‘z uyimdek his qilaman. Faoliyatimni PSJda yakunlayman deb umid qilaman”, - deydi Silva Brut Magazin nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Silva 2012/13 yildan buyon PSJ safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar