Tuxel: Menga bu o‘yinchi kerakmas!

  • 17 yanvar, 2022, 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sport Witness nashrining xabar berishicha, “Chelsi” mutasaddilari markaziy himoyachi Xaver Mbuyambani Italiya chempionatiga jo‘natib yuboradi.

Tecno

A Seriyada ishtirok etayotgan “Verona” iste’dodli yosh futbolchiga o‘yin amaliyoti taqdim etishga tayyor.

Mbuyamba o‘z davrida “Barselona” akademiyasidan “Chelsi”ga o‘tgan edi. Lekin niderlandiyalik futbolchi “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun hali ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Aslida Mbuyamba “Barselona”da asosiy tarkibga kira olmasligini anglagan holda “Chelsi”ga kelgan edi.

“Verona” agar Mbuyamba Italiyaga kelsa, mavsum oxirigacha uning maoshini to‘liq to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!