
"Turon"da nima gaplar?
Xabaringiz bor, Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi "Turon"ning asosiy tarkib vakillari Pro-liganing 2-turida Nukusning "Aral Samali" klubiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yindan so‘ng futbolchilarga ikki kunlik qisqa muddatli ta’til berildi.
Jamoa a’zolari bugundan klub qarorgohida yig‘ildi va navbatdagi turga tayyorgarlikka kirishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. "O‘zbekiston" o‘yingohida tashkil etilgan bugungi mashg‘ulotlarga bosh Anvar Berdiev bilan birgalikda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Vadim Barnich va yordamchi murabbiy Azizxon Isomiddinov boshchilik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Pro-liganing 3-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Turon" uchrashuvi 19 mart sanasiga belgilangan. Mazkur o‘yin Muborak shahridagi "Bahrom Vafoev" stadionida bo‘lib o‘tadi va UZREPORT TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Fikrlar