
"Turon" bosh murabbiyi: "Mirjalol Qosimov Rossiyada o‘ynagan paytlari maydonda futbolchilarga to‘p olib berib turardim"
Coca-Cola Superliga 7-turida o‘z maydonida «Navbahor»ga mag‘lub bo‘lgan «Turon» klubi bosh murabbiy Denis Bushuev mag‘lubiyat sabablari, hujumchisiz tarkib, maydonga tushirilmagan hujumchi va o‘zbek futboli saviyasi haqidagi savollarga javob berdi.
«Birinchi taym biz kutgandek kechdi, ammo ikkinchi taymdagi individual xatolarimiz mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi, deyish mumkin. Oddiy vaziyatlarda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Bunday raqib xatolarni kechirmaydi. Hali imkoniyat bor va jamoa bilan vaziyatni to‘g‘irlashga imkoniyatimiz etadi.
Bugun uchrashuv oldidan o‘tkazilgan chigalyozdi mashg‘ulot vaqtida maydonga tushishi kerak bo‘lgan hujumchimiz jarohat olib safdan chiqdi. Uning o‘rniga boshqa futbolchini tanlash uchun 10 daqiqa vaqtimiz bor edi. Tarkibning bunday ko‘rinish olishining sababi shu.
Maydonga tushirilmagan va zaxirada qolgan futbolchilar haqida gaplashishni yoqtirmayman. Maydonga tushganlar haqida gaplashsak to‘g‘riroq bo‘lardi. Kim bahsga tayyor bo‘lsa o‘sha o‘ynadi. Futbol qoidasi shunday. Mashg‘ulotlarda kim qanday ishlayotgani va qanday holatda ekanligi bilinadi. Shundan kelib chiqib tarkib tanlanadi.
Har qanday chetdan keladigan mutaxassis borgan joyidagi futbol haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Men ham O‘zbekiston futboli haqida etarlicha tasavvurga egaman. Mirjalol Qosimov Rossiyada o‘ynagan paytlari maydonda futbolchilarga to‘p olib berib turardim. O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar etarlicha bo‘lgan. Qolaversa, yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarni kuzatdim va bu mamlakat futboli kuchayganini bildim», - dedi Bushuev.
O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar