Turkiya Superligasi. "Istanbul Bashakshehir" o‘z uyida "Fenerbaxche"dan ochko tortib oldi
Turkiya Superligasining 15-turida Nuri Shaxin boshchiligidagi "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida turnir jadvalida 2-o‘rinda borayotgan "Fenerbaxche" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 64-daqiqada esa PSJning sobiq futbolchisi Milan Shkrinyar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 81-daqiqaga kelib esa Abbosbek Fayzullaev o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Bertug Yildirim oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi va jamoasiga muhim ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bashakshehir" ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 17 taga etkazib olib, 9-o‘ringa chiqib oldi. "Fenerbaxche" esa 33 ochko bilan 2-o‘rinni mustahkamladi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Istanbul Bashakshehir
- Bertuğ Yıldırım 81'
Tugadi
1
:
1
06.12.2025 22:00
Fenerbaxche
- Milan Škriniar 64'



Fikrlar