
Tszyu navbatdagi jangini o‘tkazadi yoxud 16 ming tomoshabin ishtirokidagi boks kechasi o‘tkazilishi mumkin
Birinchi o‘rta vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan ikki avstraliyalik charmqo‘lqop ustalari Jeff Xorn (20-2-1, 13 KO) va Tim Tszyu (15-0, 11 KO) o‘rtasidagi jang 26 avgust kuni Avstraliyaning Kvinslend shahrida bo‘lib o‘tadi.
Xornning promouteri Din Lonerganning ma’lum qilishicha, ushbu to‘qnashuv 32 ming kishiga mo‘ljallangan maydonda bo‘lib o‘tadi. Uni 50 foizgacha to‘ldirish mumkin. Bu 16 ming tomoshabinning tadbirda qatnashishlariga imkon beradi.
Aslida, Xorn va kichik Tszyu jangi 22 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgandi.
Fikrlar