TsSKAning sobiq murabbiyi Chanov Fayzullaev nima dedi?

  • 21 iyun, 2024, 18:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA sobiq ustozi Vyacheslav Chanov Igor Akinfeev va Abbosbek Fayzullaevni klubdagi o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilari deb atadi.

Tecno

— TsSKAda kimni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb atagan bo‘lardingiz?
—  Sevimli o‘zbek futbolchimizga aylanib qolgan Fayzullaevni alohida ajratib ko‘rsatishim mumkin. Bu haqiqatan ham kashfiyot. Klubimizda shunday yulduz paydo bo‘lganidan xursandman. Bu yoqimli. Men Akinfeev va Fayzullaevni eng yaxshilari deya olaman.", - dedi Chanov "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda Fayzullaev barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Igor Akinfeev esa TsSKA safida 27 ta o‘yin o‘tkazdi (shundan 9 tasi toza o‘yin) va 34 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!