TsSKAga nega ta’qiq qo‘yildi? Bunda APL klubining qayday aloqasi bor

  • 6 dekabr, 2024, 16:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

TsSKA kommunikatsiyalar diroktori Kirill Breydo FIFAning Moskva klubiga qo‘ygan ta’qiqi haqida gapirdi. Breydoni so‘zlariga ko‘ra, sanktsiyaga Chideri Edjukaning transferi sabab bo‘lgan.

Oldinroq, TsSKA Edjuke uchun pul to‘lashga rozi, biroq klub birinchi navbatda, Nikola Vlashich transferi uchun “Vest Xem”dan pul olishni  maqsad qilgan edi.

"FIFAning bunday qaroridan keyin biz "Vest Xem" bilan bo‘lgan ishimizda boshqacha natija kutmayapmiz. Ular bizga taxminan 20 million qarz. Agar biz to‘lamasak va jazo olsak, adolatli bo‘lish uchun xuddi shunday jazo "Vest Xem"ga ham qo‘llanishi kerak", – deb yozdi Breydo "Telegram"da.

TsSKA vakili "Xerenven" va "Vest Xem"ga hisob-kitob qilishning turli variantlarini taklif qilganini ta’kidladi. Masalan, ingliz klubi TsSKAning qarzining bir qismini "Xerenven"ga to‘lashi mumkin edi. Ammo "Vest Xem" buni rad etgan va o‘zini sanktsiyalar ro‘yxatiga asoslanib oqlagan.  

"Biz Vlashich ishi bo‘yicha FIFA va CASdan adolatli qaror chiqishi uchun harakat qilishda davom etyapmiz", – deb yozdi Breydo.  

Shuningdek, Breydo qishki transfer oynasi ochilgunga qadar TsSKAga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishini va masalaga echim topilishini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!