TsSKA iyul-avgust oylarining eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi

  • 12 sentabr, 2024, 19:17
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA matbuot xizmati iyul-avgust oylari natijalariga ko‘ra jamoaning ikki eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Ular himoyachi Igor Diveev va yarim himoyachi Ivan Oblyakov bo‘ldi.

Tecno

 “Ko‘pchilik muxlislar Igorga ovoz berishdi, mashhur muxlislarimiz va OAV vakillari esa Ivanga ovoz berishdi”, — deb yozilgan Moskva klubining telegram kanalida.

Etti turdan so‘ng TsSKA Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaevning jamoasi peshqadam “Zenit”dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Klub keyingi turni aynan “Zenit”ga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 14-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!