TsSKA ishonchli hisobda zafar quchdi. Fayzullaev ikkita golda ishtirok etdi

  • 2 noyabr, 2023, 22:31
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogining 6-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Orenburg" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi

Tecno

O‘yinning 34-daqiqadasida Fayzullevga nisbatan mehmonlar jarima maydonchasi ichida qoida buzildi va penaltidan Chalov hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Gyurlyuk imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Zabolotniy jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Chalov dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Uning goliga Abbosbek assist amalga oshirdi.  

Shu tariqa, TsSKA guruhda 11 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!