TsSKA hujumchilardan norozi, Fayzullaev esa transferlar haqida gapirdi!

  • 18 avgust, 2024, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA rahbariyati tomonidan bosh murabbiy Marko Nikolich boshqaruvidagi jamoadan yangi mavsumda yuqori maqsadlar uchun kurashish talab etilmoqda. Mavsum startidagi natijalar ko‘ngildagidek emas.

Tecno

“Armiyachilar” Premer-ligada to‘rtta, kubok doirasida ikkita bahs o‘tkazdi. TsSKA oltita o‘yindan faqat ikkitasida zafar quchdi va yana ikki bor durang qayd etdi.

Serbiyalik bosh murabbiy shogirdlarining natijalaridan norozi ekanini uqtirdi.

— Natijalar umuman qoniqirmayapti. Ko‘prog‘ini istayman. Hozircha, Igor Diveev gol uryapti. Ertaga Tamerlan Musaev to‘p kirita boshlaydi. Keyin Abbosbek Fayzullaev gollar hisobini ochadi. Ular qatoriga Ivan Oblyakov qo‘shiladi.

Eng muhimi, hisobida gollar bor. Afsuski, gol o‘tkazib yuboryapmiz. Himoyachilarimiz ortidan “nol” raqamini qoldirishi kerak.

Hujum chizig‘ida asosiy o‘yinchilarimiz Fyodor Chalov va Anton Zabolotniy edi. Ular jamoani tark etdi. Viktor Davila Amerika kubogidan kech qaytdi, Abbosbek Fayzullaev Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib keldi. Shu bois, bor umidimiz hozircha faqat Tamerlan Musaevdan.

Yana bir zo‘r hujumchi olsak, yaxshi bo‘lardi. Bu masalada klub rahbariyati bilan ish olib borilmoqda, - dedi Marko Nikolich.

TsSKA mavsumlar oralig‘idagi tanaffus vaqtida tarkibiga chap qanot himoyachisi Danil Krugovoy, hujumkor futbolchi Rifat Jemaletdinov va ikki nafar forvard – Artyom Shumanskiy va Seku Koytani qo‘shib oldi.

“Armiyachilar” hujum chizig‘i etakchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullaev jamoaga qo‘shilgan yangi o‘yinchilarga baho berdi.

- Koyta, Krugovoy, Jemaletdinov sekin-asta jamoa ishiga singib borayapti. Lekin yangi kelgan yigitlarga yangi klubga to‘liq moslashib ketishlari uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Ularning bari juda yaxshi o‘yinchilar, ularning har birida o‘ziga yarasha kuchli sifatlar bor, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev bir yil muqaddam TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi.

20 yoshli hujumkor futbolchimiz legioner sifatidagi debyut mavsumida Premer-liga va kubok o‘yinlarida jami 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga beshta gol va o‘n to‘rtta assist rasmiylashtirdi.

Mavsum yakuniga ko‘ra, Rossiya chempionatining asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaevning transfer summasi 6 million evroga ko‘tarildi. Ayni paytda legionerimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

O‘tgan yilning yozidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilinayotgan Fayzullaev hozirgacha mamlakatimiz bosh jamoasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fayzullaev faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Fayzullaev qachon gol urishini aytdi

Legionerimiz kutgani bo‘lmadi!

Ikki o‘zbek chempioni endi professional boksni “yoradi”!

Hozir dunyoda eng zo‘ri o‘zbek bokschilari, Kuba ikkinchi darajaga tushdi!

Fayzullaev TsSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
17/08/2024 14:52
Бундан 3 - 4 йилча олдин,Англиялик селекционерлар, 2та 12 ёшми, ёки 13 ёшми болани танлаб олиб кетишган эди. Шундан хабарларинг борми? Шу болалар тақдири ҳақида бирор марта ёза олмадинглар. Нуқул, Аббос билан Элдорни чайнайсилар. Озроқ изланинглар, меҳнат қилинглар,
ахир !
&
Dili
17/08/2024 13:16
Оббосга РЕАЛДАН КИЗИКИШ БОР. АДМЕНЛАР РОДРИГО БИЛАН АЛМАШТИРАМИЗ ДИЯПТИ ЦСКА СИЗЛАР НИМА ДИЙСИЗЛАР КАДИРЛИ МУХЛИСЛАР МАНА БУ ЯНГИЛИК.ХАДЕБ КАЙТАРОВИРМАНГЛАР ИЛТИМОС
Mahmud Ttww
17/08/2024 10:35
Эслатмасанг Пахтакор тарбиялинувчи эканлиги ёдимиздан кўтарилибди