
TsSKA Fayzullaevni Evropaga qachon qo‘yib yuborishi mumkinligi aytildi
Rossiya Premer-ligasiga o‘tishi bilan yorqin o‘yin ko‘rsata boshlagan Abbosbek Fayzullaev yaqin kelajakda Evropaning kuchli ligalariga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Aslida hujumkor o‘yinchi “Paxtakor”da o‘ynab yurgan kezlaridayoq bir necha xorij klublaridan qiziqish bo‘lgani ayon. Ayniqsa, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo va jahon chempionatilarida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘yinchilari skautlar kuzatuvida bo‘lgani quvonarli.
Qator legionerlarimiz manfaatini himoya qilayotgan futbol agenti Qahhor Mo‘minov yaqinda bergan intervyusida Toshkentdagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatila o‘zbek futbolchilarini “Torino”, “Bavariya”, “Vulverxempton”, TsSKA, “Krasnodar”, “Alaniya” kabi klublar skautlari bevosita stadiondan kuzatib borganini aytgandi.
Ana shu musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan Abbosbek Fayzullaev yozgi transferlar davrida TsSKAni tanladi.
Rossiya futbolini yoritib borayotgan Sport24 nashri jurnalisda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Terma jamoalar markazi direktori Aziz Haydarovdan 20 yoshli futbolchining Evropada o‘ynash imkoniyatlari haqida so‘radi.
- Abbosbek Fayzullaev faoliyatining Rossiyadagi boqichini juda yorqin boshladi. Men Rossiya Premer-ligasiga yo‘l olgan barcha o‘zbek futbolchilarini kuzataman va bu yigit eng tez o‘sishga erishdi. Fayzullaev mavqei jihatidan Odil Ahmedovga o‘xshaydi. Faqat Odil Rossiyaga etuk futbolchi sifatida yoshi kattaroq paytda kelgandi. Abbos esa 20 yoshida Premer-ligani yondiryapti. Hozir Abbos bu ligadagi eng tez rivojlanayotgan legioner. U o‘yinni kuchaytirish, raqibni aldab o‘tish, pas berish borasida tortinib o‘tirgani yo‘q.
Abbosni bolaligidan bilaman. Assotsiatsiyada ishlay boshlaganimda bolalar turnirlarini tashkil qilardik. Birinchi marta Abbosni o‘shanda ko‘rganman. Bolalar jamoalarida bu jussasi kichik futbolchi mahoratli katta futbolchilarday o‘ynardi. O‘shanda Fayzullaev 10-raqamda yugurib yurardi va men “Bu bizning yangi Messimiz”, deb o‘ylaganman. U o‘sha paytdayoqts hammasini qoyilmaqom tarzda uddalardi.
Menga qolsa, Fayzullaev kelasi yozda Evropaga ko‘tarilib ketishini istayman. Bu yigitning salohiyati juda katta va uni rivojlantirish kerak. U Evropa futbolchi darajasiga ko‘tarila oladi. Bundan juda xursand bo‘lamiz. Biroq TsSKA uni osonlikcha qo‘yib yubormaydi.
Abbos kamida yana ikki-uch yil “armiyachilar” safida bo‘ladi va shundan keyingina uni Evropaning yaxshi jamoasiga transfer qilishadi.
Hozir TsSKAda hamma Abbosga ishonch bildiryapti. Fayzullaevga alohida va individual yondashuv qilish kerak, shunda u yanada tez vayaxshi o‘sishga erishadi. Rossiyada unga yana biroz vaqt kerak, - dedi Aziz Haydarov.
Abbosbek Fayzullaev joriy yilning avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan legionerimiz ayni paytda TsSKA hujumlarini boshlaydigan asosiy pleymeykerga aylandi.
Hamyurtimiz TsSKAning sentyabr va oktyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Qozog‘istonning eng zo‘r to‘purari Zaynutdinov nega O‘zbekistonni tanlamagan?
Fayzullaevni 30 million evroga sotinglar...
Fayzullaev bo‘lmaganida hujumchilarimiz to‘p kelishini kutib o‘tirardi...r deyapti?
Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!
Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)
Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!
Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!
Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi
Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!
Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!
Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi
Fayzullaevni emas, Messini maqtang!
Fikrlar
Son hyon min qilgan ishni nega sen qilolmas ekansan
Darajang yetadi istalgan APL klubida uynay olasan