
"Transfermarkt": Vinisius, Pedri va yana bir qator futbolchilarni narxi oshdi
La Ligada to‘p tepuvchi bir qator futbolchilarning "Transfermarkt" portalidagi qiymati o‘zgardi.
Jumladan, "Real" Madrid hujumchisi Vinisius Juniorning narxi 100 million evrodan 120 million evroga ko‘tarildi. Shuningdek, "Barselona" yarim himoyachisi Pedrining yangilanishdan keyingi qiymati 90 million evroni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Dembele (50 million), Chuameni (80 million evro), Valverde (80 million evro) kabi iqtidorli futbolchilarning narxi ham sezilarli darajada o‘sdi.
Fikrlar