Transferlarga kim qancha sarfladi, qaysi yuluzlar keldi?

  • 26 iyul, 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ekspertlari shu yoz Angliya klublari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar statistikasini o‘rganib chiqdi.

Tecno

Xalqaro tashkilot mutaxassislar tuzgan reytingga ko‘ra, navbatdagi mavsum oldidan yangi ijrochilar uchun eng katta xarajat qilgan klub “Liverpul” bo‘lib turibdi. Angliya chempionlari tarkibni kuchaytirish uchun hozircha 308,86 million evro sarflab, olti nafar o‘yinchi oldi.

Arne Slot ixtiyoriga kelgan o‘yinchilar orasida pleymeyker Florian Virts (125 million evro), markaziy hujumchi Ugo Ekitike (95 million evro) va chan qanot himoyachisi Milosh Kerkez (46,9 million evro) kabi qimmatbaho yulduzlar bor.

Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Chelsi”  hozirgacha 243,77 million evro sarfladi. “Aristokratlar”ning eng qimmat xaridi qanot hujumchisi Jemmi Gittens (64,3 million evro) bo‘ldi. Shuningdek, ikki markaziy hujumchi – 63,7  million evroga Joao Pedro va 35,5 million evroga Liam Diap olindi.

Transfer xarajatlari bo‘yicha “top-10”ga yana quyidagi klublar kirdi:

“Arsenal” (157,8 million evro), “Manchester Yunayted” (153,2 million evro), “Manchester Siti”  (145,7 million evro), “Tottenxem Xotspur” (140,6 million evro), “Sanderlend” (115,9 million evro), “Brayton” (80 million evro), “Byornli” (79,75 million evro) va “Lids” (69,4 million evro).

Ta’kidlash lozimki, Evropada hali yozgi transferlar oynasi yopilishiga ancha vaqt bor. Ungacha bu statistikalar yana o‘zgarishi tabiiy hol.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!