"Tottenxem" va "Liverpul" o‘z maqsadiga eta olmasligi mumkin
"Lester" klubi yarim himoyachisi Jeyms Meddison mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi emas. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli angliyalik futbolchi hozir jamoadan ketish uchun qulay payt emas deb hisoblaydi. Ma’lumotlarga qaraganda u amaldagi shartnomasi garchi 2023 yilga qadar tuzilgan bo‘lsada, ushbu kelishuvni uzaytirishi mumkin.
Qayd etish lozimki, Meddison yakunlangan mavsum Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchi bo‘ldi. Unga esa "Liverpul" va "Tottenxem" jiddiy xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Meddison ortda qolgan mavsum “Lester” safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda yana shuncha golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar