
"Tottenxem" sardori bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Maurisio Pochettino boshchiligidagi "Tottenxem" klub sardorim Yan Vertongen bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
"Shporlar"ning 32 yoshlik futbolchi bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga yetadi va futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vertongen uchun Bundesliga vakili "Bayer" davogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar