"Tottenxem" rahbariyati Tomas Frankni qo‘llab-quvvatlamoqda
Londonning "Tottenxem" jamoasida bosh murabbiy Tomas Frankning kelajagi borasida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Jeyms Devisning yozishicha, Frankning holati hech qanday tahdid ostida emas. Klub rahbariyati so‘nggi natijalarga qaramasdan, murabbiyni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klub direktorlar kengashi Frank rahbarligidagi uzoq muddatli loyihaga ishonmoqda va kamchiliklar sababli shoshilinch qaror qabul qilishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, futbolchilar ham o‘z murabbiylariga ishonch bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Frank yangi mavsum boshlanishidan oldin Anje Postekoglu o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Hozirgi kunda "Tottenhem" APL jadvalida 10 turdan so‘ng 17 ochko bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar