
"Tottenxem" London derbisida yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)
Angliya premer-ligasining 4-turida “Tottenxem” safarda hamshahari “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ldi.
London derbisida maydon egalari 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu kuni “Kristal Pelas” safida gollarni Uilfrid Zaa (76') hamda Odsonn Eduard (84', 90+2') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar