"Tottenxem" Keyn o‘rniga qaysi hujumchini olib kelmoqchi?

  • 5 yanvar, 2020, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi joriy qishki transferlar davrida o‘ziga yangi hujumchi sotib olmoqchi.

Tecno

TEAMtalk nashri tarqatgan xabarga qaraganda “shporlar”ning bu boradagi asosiy transfer nishoni "Milan" forvardi Kshishtof Pyontek va "Flamengo"da ijarada o‘ynayotgan "Inter" forvardi Gabriel Barboza hisoblanadi.

Gap shundaki, hujumchi sotib olish fikri jamoa to‘purari Xarri Keyn tizzasidan jiddiy jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqqach paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Pyontek bu mavsum 17 ta o‘yinda 4 ta gol urdi. Gabriel esa 2019 yilda 59 ta o‘yinda maydonga tushdi va 43 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!