Toshkentdagi professional boks oqshomiga oz qoldi... Bokschilarimiz jiddiy hozirlik ko‘rmoqda

  • 13 dekabr, 2019, 13:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 15 dekabr kuni O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan Toshkentda o‘ziga xos jang kechasi tashkil qilinmoqda. Unda bir qator yurtdoshlarimiz ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jumladan, Abdulaziz Najmiddinov qirg‘izistonlik Mirbek Sherovga qarshi ringga ko‘tariladi. Abdulaziz hozirda professional ringda uchta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan. Ayni kunda ushbu boks oqshomida jang qiladigan hamyurtlarimiz poytaxtimizda joylashagan "Akhmat cross fight arena"zalida jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlarni yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov olib bormoqda. Qolaversa, professional boksda o‘ziga yarasha nom qozongan, tajribali Sherali Mamajonov ham yosh bokschilarimizga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashiib, ularga yaqindan ko‘mak berayapti. Quyida ushbu mashg‘ulot jarayonlaridan bir parchasini e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!