
Toshkentda professional kikboksing kechasi tashkil etiladi!
3 iyul kuni Toshkent shahrida professional kikboksing kechasi bo‘lib o‘tadi.
Ya’ni, "Uzbekistan Open-2" turniri tashkil etiladi. Mazkur jang oqshomida yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan kikboksingchilariga qarshi xorijdan yuqori darajadagi raqiblar ringga ko‘tariladi.
Jumladan, 101 kg vazn toifasida Husan Baratov turkiyalik Mexmet Ozerga,-91 kg vaznda Murod Azimov xorvatilik Ivan Bertichga, -76 kgda Timur Xolmatov misrlik Abdulloh Mandoga, -55 kgda Guljahon Normatova esa Ukraina vaeilasi Mariya Belkinaga qarshi jang qiladi.
Ushbu kikboksing kechasi "Yunusobod" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Shu o‘rinda mazkur muhim janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar