
Toshkent xalqaro ot musobaqasiga mezbonlik qilmoqda
O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli DI1 – Prix St. Georges Maxima Masters Evrosiyo xalqaro ot sporti musobaqasi davom etmoqda.
22 aprel kuni o‘tkazilgan bahslarda yakkalik va jamoaviy yo‘nalishlarda ishtirokchilar maydonga chiqishdi.
Musobaqa FEI — Xalqaro ot sporti federatsiyasi qoidalariga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus kabi davlatlardan etakchi chavandozlar ishtirok etmoqda.
Yakkalik bahslari: Prix St. Georges (CDI1) – Bu bahslar eng tajribali chavandozlar o‘rtasida, eng yuqori darajadagi boshqaruv va uyg‘unlikni talab qiladigan yo‘nalish hisoblanadi.
Fikrlar