
To‘rtinchi oltin medal! Bekjon Chevarov jahon chempionligi va Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Dubayda o‘tayotgan Para atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun omadli boshlandi.
Boisi o‘zbekistonlik para atlet Bekjon Chevarov uzoqlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga hamyurtimiz 2020 yilgi Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari uchun beriladigan litsenziyaga ham ega bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Bekjon Chevarov 2015 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan va yakunda bronza medali bilan taqdirlangan edi.
E’tiborli jihati, Para atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamisi hozirga qadar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 122 mamlakat ichida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar