
“To‘pchilar”ning “o‘qi” qolmadi: 100 yilda ham bunaqa bo‘lmagan edi
“Arsenal” bu mavsum ham Angliya Premer-ligasi chempionligiga erisha olmadi. Mikel Artete avvalgi yillarda ustozi Xosep Gvardiola jamoasiga qarshilik ko‘rsatolmagan bo‘lsa, bu gal Arne Slot debyut mavsumidayoq “Liverpul”ni chempion qildi.
Statistika mutaxassislari “kanonirlar”ning kamyob ko‘rsatkichiga e’tibor qaratdi. Gap shundaki, bu mavsum “to‘pchilar”dan hech biri to‘purarlik mahoratini namoyish qila olmadi.
Mikel Arteta mavsum davomida 26 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Shulardan 17 nafari o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga erishdi. Jamoa to‘purarlari sifatida to‘qqio‘tadan to‘p kiritgan Kay Xaverts va Leandro Trossarni e’tirof etish mumkin.
Manbaga ko‘ra, “Arsenal” tarixida futbolchilarning o‘ntadan kam gol urishi bundan 101 yil muqaddam – 1923-1924 yilgi mavsumda qayd etilgan ekan.
Fikrlar