
Tonali bugun "Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘ynashi mumkin! Nima uchun?
Sandro Tonali Chempionlar ligasi o‘yinida ishtirok eta oladi. Garchi, u pul tikishda ayblansa ham.
Tonali futbol o‘yinlariga pul tikkani uchun 10 oyga diskvalifikatsiya qilinishi aytilayotgandi.
"Daily Mail" xabariga ko‘ra, "Nyukasl" yarim himoyachisining advokatlari prokuratura va Italiya futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Tonalining diskvalifikatsiyasi hamon kuchga kirmadi. Shunday ekan, u bugun EChL doirasidagi "Borussiya Dortmund"ga qarshi bellashuvda maydonga tushishi mumkin. Ammo UEFA uning bugungi bellashuvda "qarg‘alar" bilan bo‘lishini xohlamaydi.
Fikrlar