Tom Aspinall: “Deniel Kormeni ko‘rsam, doim bir narsani o‘ylayman”
Og‘ir vazn (−120 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall ikki vazn toifasida sobiq chempion Deniel Korme haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Har safar Denielni ko‘rsam, o‘ylayman: agar u bilan jang qilganimda, bu men uchun dahshatli to‘qnashuv bo‘lardi. To‘g‘ri, u past bo‘yli, biroq juda kuchli va har doim bosim bilan oldinga harakat qiladi. Fikrimcha, Korme - men uchun nihoyatda qiyin raqib bo‘lardi. Lekin baribir men istalgan jangchini nokaut qila olishimga ishonaman”, — dedi Aspinall o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Deniel Korme oxirgi bor 2020 yil 15 avgust kuni Stipe Miochichga qarshi oktagonga ko‘tarilib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.



Fikrlar