
Tokio-2020. Medallarsiz o‘tgan kundan so‘ng O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?
Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 8-kuni ham o‘z nihoyasiga etdi. Bugun yurtimiz sharafini 4 nafar sportchi himoya qildi.
Para suzish bo‘yicha erkaklar hamda ayollar o‘rtasida 100 metrga brass usulida suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 3 nafar sportchimiz ishtirok etdi va ulardan 2 nafari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Biroq medallar uchun kechgan kurashda Shohsanamxon Toshpo‘latova ham, Firdavsbek Musabekov ham kerakli natijani qayd eta olmadi va sovrinli o‘rinlardan quruq qolishdi.
Bugun shuningdek ayollar o‘rtasida T37 klassida 100 metrga yugurish bo‘yicha saralash ham bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan vakilimiz Sabina Suxanova marraga 4-bo‘lib etib keldi va finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Suxanova ishtirokidagi finalni ertaga Toshkent vaqti bilan soat 06:37 da bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 15 ta medal bilan umumjamoa hisobida 16-o‘rinda bormoqda:
Fikrlar